Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar o'z saylovchilariga axborot berdi.

4-aprel kuni Past Darg‘om tuman 3-son politexnikumi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari Ziyoda Eshmurodova, Gulbeka Qo‘chqorova, Akram Surmonov hamda Guljahon Mustafoyevalar saylovchilar oldida 2025-yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berishdi. 

Deputatlar o‘z axborotlarida hududida amalga oshirilgan ishlar, aholining muammolari yuzasidan mas’ul tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlarning natijalari, hududiy dasturlarning ijrosi, shuningdek, Kengash faoliyati vakolatiga doir masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Yig‘ilish yakunida fuqarolarning muammolari yuzasidan berilgan savollarga javob berishdi.

Slide 1 of 3