Bugun ham xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari Aksavle Tumishova, Erkinjon Davlatov, Mashhura Ochilova, Gulshanda Bobomurodova hamda Zarafshon shahar davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi xodimi Binafsha O‘roqova Zarafshon shahridagi 2, 9, 12-sonli DMTTlarda oziq-ovqat sifati, bolalar ratsioni uchun tayyorlanadigan ovqatlar ahvoli va mahsulotlar yaroqliligini o‘rganishdi. O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining” Davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi ko‘rib chiqildi.