Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari Aksavle Tumishova, Erkinjon Davlatov, Gulshanda Bobomurodova hamda Zarafshon shahar davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi xodimi Baxtiyor Qarshiev Zarafshon shahridagi 17-sonli DMTT da oziq-ovqat sifati, bolalar ratsioni uchun tayyorlanadigan ovqatlar ahvoli va mahsulotlar yaroqliligini o‘rganishdi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi ko‘rib chiqildi.