🔰 Keyingi yillarda Zangiota tumanida barpo etilayotgan zamonaviy ko‘p qavatli turar joy binolari hudud qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirmoqda. Bunday binolarda liftlarning sozligi, xavfsizligi va uzluksiz ishlashini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
♻️Zangiota tumani Kengashi 9-okrug deputati A.Shapovalov tomonidan “Bog‘zor” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilayotgan hududlarda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida, xususan, mahalladagi ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari, ularning borishi va belgilangan loyihalarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
♻️Mazkur loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va obod yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA
Xalq manfaatlari yo‘lida — deputat doimo aholi bilan birga!
✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 17-saylov okrugi deputati F.Rajapova "Eshonguzar" mahallasi fuqarolarining murojaatlarini o‘rganish maqsadida “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Zangiota tumani filiali xodimlari bilan birgalikda hududda o‘rganish ishlarini olib bordi.
✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 6-saylov okrugi deputati To‘lqin Xoliqov tomonidan Xo‘jamozor MFYning Xo‘jaobod ko‘chasida hudud infratuzilmasi va yo‘l xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi yoritish tizimi hamda avtomobil yo‘llaridagi mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
✅15- saylov okrugi deputati K.Mamurova tomonidan tuman dorixonalarida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi 399-sonli Qonuni talablari ijrosining taʼminlanishi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganish olib borildi.
#O‘rganish
Deputatlik o‘rganishlari ta’lim muassasalarida munosib sharoitlar yaratish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali o‘quvchilar uchun qulay hamda xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.
✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati O.Akromovning saylov okrugi hududida joylashgan “Qahramon” mahallasidagi 40-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati kotibiyat xodimi G.Shodiyeva tomonidan o‘rganildi.
✨O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirilib, xususan, maktab sport zalining qish mavsumida yetarli darajada isitilmasligi bilan bog‘liq muammo aniqlandi.
✨Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali muammoni atroflicha o‘rganish, uni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda tegishli amaliy yordam ko‘rsatilishiga erishish rejalashtirilgan.
Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 21-saylov okrugi deputati M.Qoraxo‘jayev tomonidan “Shodlik” mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli hamda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 9-saylov okrugi deputati A.Shapovalov tomonidan “Bog‘zor” mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
♻️Bugungi kunda yoshlar, xususan, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 24-saylov okrugi deputati N.Muxitdinov tomonidan “Bog‘ishamol” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi.