Yangiliklar

#Deputat_faoliyati

♻️Bugungi kunda yoshlar, xususan, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 13-saylov okrugi deputati Asiya Kudayberganova tomonidan tumanning O‘ratepa hududida joylashgan “Sulton” maktab o‘quv markazi faoliyati o‘rganildi.

♻️ O‘rganish davomida markazda yaratilgan sharoitlar, yoshlar va xotin-qizlarga kasb-hunar o‘rgatish jarayoni bilan tanishilib, faoliyatni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

♻️Markazda yosh xotin-qizlar qandolatchilik, massaj, tikuvchilik, sartaroshlik hamda boshqa kasb-hunar sirlarini o‘rganib, kelgusida o‘z daromad manbalarini yaratish va bandligini ta’minlash uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

♻️Shuningdek, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Slide 1 of 4