Yangiliklar

#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Alpomish” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Alpomish” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rgandi.

Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnoma talablari asosida ko‘rib chiqildi.
Mahalla kesimidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra:

154 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz hisobga olingan;

22 nafar xotin-qiz tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq yo‘nalishda qayd etilgan;

2 ta tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq murojaat ko‘rsatilgan.

Ushbu ko‘rsatkichlar xotin-qizlar bilan ishlashda individual yondashuvni kuchaytirish, ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga oid vazifalari doirasida belgilangan “24 ta muhim yo‘nalish”ning 6-bandi ijrosi bilan bog‘liq holda tashkil etildi.

Jarayonda xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini manzilli hal etish, huquqiy savodxonligini oshirish va mahallada sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligini oshirish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — muammolarni shunchaki aniqlash emas, balki ularning yechimi ustidan izchil nazorat o‘rnatish va aholi manfaatlarini amalda ta’minlashdir.

Slide 1 of 1