Yangiliklar

O‘rganish

Tuman Kengashi deputatlari M. Qoraxo‘jayev va G. Tursunovalar “Suvta’minoti” Zangiota tumani filiali qurilish bo‘limi muhandisi B. Ahmedov bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-martdagi PQ-2818-sonli “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Toshkent viloyatining shahar va tumanlari suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish (1-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan qurilish ishlarini o‘rgandilar.

♻️O‘rganish davomida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokidagi loyiha doirasida "Zarafshon" MFY hududida joylashgan URV-8 suv saqlash va taqsimlash inshootida olib borilgan qurilish va rekonstruksiya ishlari holati ko‘zdan kechirildi.

♻️Deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarning belgilangan talablar va loyiha doirasidagi vazifalarga muvofiqligini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 6