Yangiliklar

📚 QONUNLARNI O‘RGANAMIZ!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ–937-son Qonuni o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
📌 Qonunning asosiy maqsadi — mulk huquqiga oid munosabatlarda aniqlikni ta’minlash va qonunda belgilangan shartlarga javob beradigan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
⚠️ Muhim: Ushbu tartib barcha yer uchastkalariga avtomatik ravishda tatbiq etilmaydi. Huquqlarni e’tirof etish uchun qonunda belgilangan shart va mezonlarga rioya etilishi lozim.