Yangiliklar

#Deputat_mahallada

#Deputat_mahallada

✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati A.Shapovalov tomonidan “Bog‘zor” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolar va takliflar atroflicha tinglandi.

🔹 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ichimlik suvi taqsimoti, elektr energiyasi ta’minoti, jamoat transporti xizmatlari sifatini yaxshilash, hududdagi tirbandliklarning oldini olish hamda kadastr masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

🔹 Har bir murojaat deputat tomonidan alohida e’tibor bilan tinglanib, muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🔹 Bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, amaliy yechim topish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 4