Bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati o‘rganildi
✅Tuman Kengashi deputati G. Tursunova tomonidan 16-oilaviy poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida poliklinikada bepul dori-darmonlarning mavjudligi, ularni aholiga belgilangan tartibda yetkazib berilishi hamda imtiyozli toifadagi fuqarolarning dori vositalari bilan ta’minlanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
✅Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan suhbatlashilib, dori-darmonlarni saqlash, hisobini yuritish va fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazib berish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
✅Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, aholining sifatli tibbiy xizmat hamda zarur dori-darmonlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.