Yangiliklar

#Deputat_faoliyati

#Deputat_faoliyati

18-saylov okrugi deputati Feruza Radjabova tuman prokurori J. Xayitboyev boshchiligidagi ishchi guruh bilan birgalikda o‘z saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan dorixonalar faoliyatini o‘rgandi.

✅O‘rganish davomida dorixonalarda dori vositalarining mavjudligi, ularning belgilangan tartibda saqlanishi va aholiga realizatsiya qilinishi, shuningdek, dori-darmon narxlariga rioya etilishi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, dorixonalarning amaldagi talab va me’yorlarga muvofiq faoliyat yuritishi, aholining sifatli va zarur dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonuniylikni ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan farmatsevtika xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5