O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan tuman Kengashi deputati S. Shavkatovga biriktirilgan kotibiyat mudiri G. Tursunova A. Yassaviy mahallasi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
🔰O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va muammoli oilalardagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔰Shuningdek, xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔰O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.