35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Turdiyev tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Yangi davr mahallasi xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida 2025-yilning shu davrida mahallada 3 ta ajrim qayd etilgani, bugungi kunda esa ushbu ko‘rsatkich 5 taga yetgani aniqlandi. Ya’ni, ajrimlar soni o‘tgan yilga nisbatan 2 taga oshgan.

Mazkur holat yuzasidan ajrimlarning oldini olish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va oilalar mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha xotin-qizlar faoliga tegishli tavsiya va maslahatlar berildi. Muammoli oilalar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish tavsiya etildi.

Slide 1 of 3