35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Deputat_nazarati

Deputatlik nazorati — qarorlar ijrosining amaliy natijasini ta’minlashga xizmat qiladi.                       
Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-okrug deputati M.Qoraxo‘jayev tomonidan “Shodlik” mahallasida mahalla raisi U. Axmedov va xotin-qizlar faoli ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur qarorda belgilangan vazifalarning mahalla kesimidagi ijrosi, aholiga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak hamda mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qaror ijrosini ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3