Zangiota tumani hokimi - tuman Kengashi deputati Erkin Rustamov o‘z saylov okrugida fuqarolar
qabulini o‘tkazib, ularning murojaatlarini tingladi.
♻️ Ushbu qabulda 27 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, ularning muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi. 4 nafar fuqaroning murojaati shu yerda ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ayrim masalalar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
♻️Erkin Rustamov tomonidan masʼullarga murojaatlarni o‘z vaqtida va qonuniy tartibda hal etish, fuqarolarning muammolariga amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi va ijrosi nazoratga olindi.