35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Oqtom” mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 25-“Ketmon” saylov okrugi deputati Q. Chorshanbiyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Gulmatovlar “Oqtom” mahallasida amalga oshirilayotgan hashar jarayoni bilan tanishdi.
Hashar doirasida mahalladagi Qo‘rg‘oncha ko‘chasidagi xonadonlarni ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida zarur ishlar olib borilmoqda. Tashabbus mahalla aholisi uchun qulay shart-sharoit yaratish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va mavjud muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan.
Deputat va mutaxassislar tomonidan ishlarning borishi o‘rganilib, aholi vakillari bilan fikr almashildi. Bunday ezgu tashabbuslar mahalla obodligi va fuqarolar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5