Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov “Birlashgan” MFYga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan suhbat o‘tkazilib, xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud masalalarni hal etish borasidagi ishlar bilan tanishildi.