✅Joriy yilning 20 oktyabr kuni Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati Bayzakova Nigora tomonidan Chinor mahallasida joylashgan 16-sonli umumtaʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
❇️Deputatlik nazorati jarayonida taʼlim muassasasining isitish tizimi, bino va inshootlarning texnik holati, yog‘ingarchilikka tayyorgarlik darajasi, hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va munosib sharoitlarni yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
🔰O'rganish davomida kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ishlar amalga oshirilayotgani ma'lum bo'ldi. Ayrim kamchiliklar bo'yicha masʼullarga tegishli tavsiya va vazifalar berildi. https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi