✅Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 25-sentyabrda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida viloyat hamda tuman prokuraturasi xodimlari ishtirokida ko‘pqavatli uylarning kuz--qish mavsumiga tayyorligi borasida mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
✅ Zangiota tumani 18-okrug deputati F.Radjapova ham ushbu tadbirda qatnashib, o‘zi saylangan hududda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish hamda uni talafotsiz oʻtkazish borasida aniqlangan kamchiliklarning mutasaddi tashkilotlar tomonidan tez kunlarda bartaraf etilishi yuzasidan deputatlik nazoratini o‘rnatdi.