Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
16 октябр 2026

#Deputat_mahallada

img🔰 Keyingi yillarda Zangiota tumanida barpo etilayotgan zamonaviy ko‘p qavatli turar joy binolari hudud qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirmoqda. Bunday binolarda liftlarning sozligi, xavfsizligi va uzluksiz ishlashini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

#Deputat_mahallada

img♻️Zangiota tumani Kengashi 9-okrug deputati A.Shapovalov tomonidan “Bog‘zor” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilayotgan hududlarda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. ♻️O‘rganish davomida, xususan, mahalladagi ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari, ularning borishi va belgilangan loyihalarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. ♻️Mazkur loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va obod yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

#Deputat_mahallada

imgFUQAROLAR MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA Xalq manfaatlari yo‘lida — deputat doimo aholi bilan birga! ✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 17-saylov okrugi deputati F.Rajapova "Eshonguzar" mahallasi fuqarolarining murojaatlarini o‘rganish maqsadida “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Zangiota tumani filiali xodimlari bilan birgalikda hududda o‘rganish ishlarini olib bordi.

#Deputat_mahallada

img✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 6-saylov okrugi deputati To‘lqin Xoliqov tomonidan Xo‘jamozor MFYning Xo‘jaobod ko‘chasida hudud infratuzilmasi va yo‘l xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. 🔹 O‘rganish davomida ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi yoritish tizimi hamda avtomobil yo‘llaridagi mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

#Deputat_nazarati

img✅15- saylov okrugi deputati K.Mamurova tomonidan tuman dorixonalarida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi 399-sonli Qonuni talablari ijrosining taʼminlanishi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish

img#O‘rganish Deputatlik o‘rganishlari ta’lim muassasalarida munosib sharoitlar yaratish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali o‘quvchilar uchun qulay hamda xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.                                           ✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati O.Akromovning saylov okrugi hududida joylashgan “Qahramon” mahallasidagi 40-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati kotibiyat xodimi G.Shodiyeva tomonidan o‘rganildi. ✨O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirilib, xususan, maktab sport zalining qish mavsumida yetarli darajada isitilmasligi bilan bog‘liq muammo aniqlandi. ✨Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali muammoni atroflicha o‘rganish, uni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda tegishli amaliy yordam ko‘rsatilishiga erishish rejalashtirilgan.

O‘rganish

imgXalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 21-saylov okrugi deputati M.Qoraxo‘jayev tomonidan “Shodlik” mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli hamda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.