Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi “ZOOM” platformasi orqali o‘tkazildi.
✅Yig‘ilishda tumandagi obodonlashtirish, qurilish-ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish hamda kommunal sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarning axborotlari eshitildi.
📌Jumladan, Yunusobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan obodonlashtirish, qurilish-ta’mirlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, boshqarma tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy-iqtisodiy ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
🌱Shuningdek, 2025-yil kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yunusobod tumanida ekilishi rejalashtirilgan manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarining manzilli ro‘yxati hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari muhokama qilindi.
💧Kommunal soha yo‘nalishida Yunusobod tumani Gaz ta’minoti bo‘limining 2026-yil 22-sentabr holatiga tumandagi tabiiy gaz ta’minoti, debitor qarzdorlik, gaz iste’molini kamaytirish, energiya tejamkor uskunalarga o‘tish, gaz tarmoqlarida ta’mirlash va profilaktik ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ma’lumotlari eshitildi.
🔎Muhokama davomida deputatlar tomonidan sohadagi mavjud muammolar, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda belgilangan rejalar ijrosi yuzasidan savollar berilib, mas’ul tashkilot vakillariga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.