Yunusobod tumanidagi “Oqtepa” mahallasida “Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat barqaror bo‘ladi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati
N. Usmanov ishtirokida mahalla faollari hamda fuqarolar bilan targ‘ibot va tushuntirish suhbati olib borildi.
⚖️Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, maishiy zo‘ravonlikning oldini olish hamda oila a’zolarining huquq va majburiyatlari haqida tushuntirishlar berildi.
🏠Shuningdek, ajrim yoqasidagi, notinch va nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, oilaviy kelishmovchiliklarning oldini olish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬Fuqarolarga oiladagi muammolarni zo‘ravonlik va nizolar orqali emas, balki o‘zaro muloqot, hurmat va murosa asosida hal etish, milliy va oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash yuzasidan tavsiyalar berildi.