Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OBODONLASHTIRISH, KOMMUNAL VA EKOLOGIYA MASALALARI DEPUTATLAR MUHOKAMASIDA
янв.21
YOSHLARNING INNOVATSION LOYIHALARI VA STARTAPLARI BILAN TANISHILDI
янв.21
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
10-BAND IJROSI: BOZORDAGI NARX-NAVO HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«SHOHSAROY» RESTORANI FAOLIYATI NATIJASIDA ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHI MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
#kengash_faoliyati #yunusobod_deputatlari
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
«G’AYRATIY» MAHALLASIDA ISH YURITISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«ADOLAT» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHALARINI TIKLASH MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
HAFTALIK FAOLIYAT SARHISOBI: IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, SPORT VA MADANIYAT MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA

HAFTALIK FAOLIYAT SARHISOBI: IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, SPORT VA MADANIYAT MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA

🗓 12–16-oktabr kunlari
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan hafta davomida hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar sifatini tahlil qilish hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan ishlashga e’tibor qaratildi.

🌐 Hafta davomida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar olib borildi:
✅ Tez tibbiy yordam xizmati — Pastdarg‘om tuman tez tibbiy yordam stansiyasi faoliyati, xizmat transportlari, xodimlarning malakasi va filiallar sharoitiga oid masalalar o‘rganildi.

♻️ Chiqindilarni boshqarish — Oq Mang‘it, Olmazor, Jo‘l Qosim va Eski Juma mahallalarida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish jadvali, xizmat tariflari, belgilangan tartiblar hamda maxsus transport vositalarining harakatlanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

📱 Yoshlar sporti va infratuzilmasi — Bobur mahallasidagi stadionning sanitariya holati, obodonlashtirilishi, sport jihozlari va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar e’tibor markazida bo‘ldi.

👍 Oilalar bilan ishlash — Sinchi mahallasida nizoli oilalar bilan tegishli tushuntirish va yarashtirish ishlari olib borildi.

✅ Komissiya faoliyatining asosiy maqsadi — aholi manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, yoshlar uchun munosib sharoit yaratish hamda hududlarda aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishdan iborat. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!