📋 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Shovot tuman elektr ta’minoti boshlig‘i Qalandarov Ixtiyor Ikromovichning tumanda 2026-yil yanvar–sentabr oylarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda tuman elektr ta’minoti korxonasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 12-Arbob saylov okrugidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati Nurjanova Matluba Odamboevna o‘z saylov okrugidagi Arbob mahallasida mahalla fuqarolari va xodimlari bilan uchrashib, elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi.
⚡️ O‘rganish davomida mahallaning ayrim ko‘chalarida elektr energiyasi kuchlanishining pastligi bilan bog‘liq muammo mavjudligi fuqarolar tomonidan bildirildi.
📌 Mazkur murojaat va muammolarni o‘rganish hamda ularni tegishli tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli takliflar bildirildi.