Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDAGI 240-SONLI MAKTABDA MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘rganish jarayonida Kengash deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyati, aholi bilan uchrashuvlar, mahallalardagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish, deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda masalalarni sessiya va doimiy komissiyalar muhokamasiga kiritish amaliyotiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda Kengash reglamentida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, aholi murojaatlarini manzilli hal etish, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar va doimiy komissiyalar faolligini oshirish, qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Yunusobod tumanida deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va mahallalarda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3