Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
MUNOSABAT: Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risidagi qonun – veterinariya xavfsizligi va chorvachilik rivojining muhim huquqiy asosi.

MUNOSABAT: Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risidagi qonun – veterinariya xavfsizligi va chorvachilik rivojining muhim huquqiy asosi.

O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 6-avgustda qabul qilingan “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1079-sonli Qonuni mamlakatimizda hayvonlarni hisobga olishning yagona tizimini yaratish, veterinariya osoyishtaligini ta’minlash hamda chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim huquqiy hujjatdir.Mazkur Qonunning mohiyati yuzasidan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Mamatova Gulorom o‘z munosabatini bildirib shunday dedi.“Hayvonlarni identifikatsiya qilish va ularni yagona reyestr asosida ro‘yxatga olish tizimining joriy etilishi veterinariya nazoratini kuchaytirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda chorvachilik mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘RQ–1079-sonli Qonun orqali hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli yuritish, ularning harakatini kuzatib borish va sohaga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish uchun mustahkam huquqiy asos yaratildi.Bu esa nafaqat veterinariya xizmatlari samaradorligini oshiradi, balki chorvadorlar manfaatlarini himoya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda eksport salohiyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.

Qonunning amaliyotga samarali tatbiq etilishi chorvachilik sohasining barqaror rivojlanishiga, aholi farovonligini oshirishga va iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.