Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Mazkur yig‘ilish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-167-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Yig‘ilishda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul”, “Nuroniy har bir oilaga mas’ul”, “Ta’lim muassasalariga faol nuroniylarni biriktirish”, “Har bir ko‘chaga mas’ullarni biriktirish” hamda “Besh nafar kambag‘al oilaga bir nafar faol nuroniyni biriktirish” yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallalarda nizoli oilalar bilan ishlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, erta nikoh va huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikni kamaytirish, mahalla hududlari hamda qabristonlarni obodonlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida faol nuroniylar tomonidan mavjud muammolar, taklif va mulohazalar bildirildi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

✅ Jonli savol-javob tarzida o‘tgan yig‘ilish nuroniylar faoliyatini yanada kuchaytirish, ularning boy hayotiy tajribasidan yoshlar tarbiyasi, oilalar barqarorligi va mahalla osoyishtaligini ta’minlashda samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3