Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
#24_tavsiya ijrosida 📚 QALAMI BILAN MA’NAVIYATGA XIZMAT QILGAN DEPUTAT.

#24_tavsiya ijrosida
📚 QALAMI BILAN MA’NAVIYATGA XIZMAT QILGAN DEPUTAT.


Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvat Tajimurodovich hayoti va faoliyatini ta’lim, ma’naviyat hamda jurnalistika sohalari bilan chambarchas bog‘lagan, yurt ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi insonlardan biridir.

U uzoq yillar davomida pedagog, muxbir va muharrir sifatida samarali mehnat qilib, aholining huquqiy ongi va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiluvchi yuzlab maqola, ocherk va publitsistik chiqishlar bilan keng jamoatchilik e’tiboriga sazovor bo‘lgan.

Deputatning kitobxonlikka bo‘lgan yuksak e’tibori alohida tahsinga loyiq. Uning shaxsiy kutubxonasida 8000 dan ortiq kitob jamlangan bo‘lib, mazkur ma’naviy xazina adabiyot, tarix, jurnalistika va ma’rifatga oid ko‘plab nodir nashrlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa uning ilm-fan va ma’naviyatga bo‘lgan cheksiz hurmatining yorqin ifodasidir.

To‘rayev Norquvvat Tajimurodovich bugungi kunda ham deputat sifatida saylovchilarning murojaatlari bilan ishlash, hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faol mehnat qilmoqda. Uning boy hayotiy tajribasi, tashabbuskorligi va fidoyiligi saylovchilar tomonidan yuksak qadrlanadi.

Ko‘p yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etilib, “Xalq ta’limi a’lochisi” nishoni hamda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Uning hayot yo‘li va faoliyati yoshlar uchun ibrat, jamiyatimiz uchun esa munosib namuna bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 1