Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA XAVFSIZLIK VA TIBBIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT VA AHOLI UCHRASHUVI: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: 302-MAKTABDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
янв.21
“BOR MEHRIMIZ SENGA, BOLAJON!” DONORLIK AKSIYASIDA DEPUTAT FAOL ISHTIROK ETDI
янв.21
BOLAJONLARGA BAYRAM TUHFALARI ULASHILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — POSIRA MAHALLASIDA BAYRAM SHUKUHI
янв.21
Tarix va ma’rifat yo‘lida: Obidjon Mahmudovga bag‘ishlangan anjuman
янв.21
Tarixiy xotira – millat kelajagining mustahkam poydevori
янв.21
72-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali o‘tkazildi
янв.21
Yettichinor ko‘chasida asfaltlash ishlari olib borilmoqda
Termiz tuman soliq inspeksiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish holati o‘rganildi:

Termiz tuman soliq inspeksiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish holati o‘rganildi:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari J.Taxchiyeva, G.Shafoatova va K.Abdullayeva tomonidan tumandagi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati ijrosini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada deputatlar Termiz tuman soliq inspeksiyasi bo‘limida bo‘lib, muassasada halollik va ochiqlik tamoyillariga amal qilinishi, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ichki nazorat mexanizmlari hamda xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishdagi mas’uliyati va javobgarlik darajasini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan talablarning ijrosi, fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligi hamda murojaatlar bilan ishlash amaliyoti ham tahlil qilindi.

Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, korrupsiyaning oldini olish hamda halollik muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5