Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yettichinor ko‘chasida asfaltlash ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Yuldashbek Ibragimov tomonidan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish jarayonida Yettichinor ko‘chasini asfaltlab ta’mirlash masalasi ham e’tiborga olingan edi.

Ayni kunlarda mazkur ko‘chada asfaltlash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu esa aholining harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda mahalla obodligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Hududlarda aholi murojaatlari asosida amaliy ishlarni tashkil etish bo‘yicha deputatlar va “mahalla yettiligi” hamkorligi izchil davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3