Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

72-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali o‘tkazildi

Jumladan, tumandagi 72-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova, “Islomobod” mahallasi raisi Serikboy Usenov, mahalla faollari, nuroniylar, faxriy o‘qituvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida maktab direktori Dilnoza Kamilova tomonidan Davlatimiz rahbarining bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, o‘quv yili davomida erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi.

Bilimlar bellashuvi, sport musobaqalari, turli tanlovlar hamda maktab hayotida faol ishtirok etgan iqtidorli o‘quvchilar, ularning ota-onalari va fidoyi ustozlar munosib taqdirlandilar.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5