Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA XAVFSIZLIK VA TIBBIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT VA AHOLI UCHRASHUVI: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: 302-MAKTABDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
янв.21
“BOR MEHRIMIZ SENGA, BOLAJON!” DONORLIK AKSIYASIDA DEPUTAT FAOL ISHTIROK ETDI
янв.21
BOLAJONLARGA BAYRAM TUHFALARI ULASHILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — POSIRA MAHALLASIDA BAYRAM SHUKUHI
янв.21
Tarix va ma’rifat yo‘lida: Obidjon Mahmudovga bag‘ishlangan anjuman
янв.21
Tarixiy xotira – millat kelajagining mustahkam poydevori
янв.21
72-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali o‘tkazildi
янв.21
Yettichinor ko‘chasida asfaltlash ishlari olib borilmoqda
Soliq tushumlari va byudjet ijrosi yuzasidan hisobot o‘rganildi

Soliq tushumlari va byudjet ijrosi yuzasidan hisobot o‘rganildi

Termiz tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan taqdim etilgan 2025-yil yakunlari hamda 2026-yilning I choragi davomida mahalliy byudjet daromadlari prognozining ijro etilishi, mavjud qo‘shimcha manbalarni aniqlash va safarbar etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan batafsil o‘rganildi.

Deputatlar o‘z vakolatlari doirasida hisobotda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, byudjet ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi hamda soliq tushumlarini oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlarning samaradorligini joyiga chiqib o‘rgandilar. Jarayonda tegishli hujjatlar va statistik ma’lumotlar atroflicha tahlil qilinib, hisobotda aks ettirilgan ko‘rsatkichlarga amaliy baho berildi.

O‘rganishlar yakunida sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan aniq xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, byudjet daromadlarini yanada ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda byudjet jarayonlarining ochiqligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar shakllantirildi.

Slide 1 of 2