Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tibbiyot muassasasidagi sharoitlar bilan tanishdi

            Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati B. Bazarova tuman tibbiyot birlashmasi huzuridagi ududiy qon xizmati bo‘limida bo‘lib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati bilan tanishdi. Tashrif davomida bo‘lim xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Shuningdek, faoliyat jarayonida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.Deputat tomonidan sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlik nazorati doirasida ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud holatni o‘rganish, aholini qiynayotgan masalalarni joyida hal etish hamda fuqarolar murojaatlariga ijobiy yechim topishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.  

Slide 1 of 4