Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA XAVFSIZLIK VA TIBBIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT VA AHOLI UCHRASHUVI: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: 302-MAKTABDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
янв.21
“BOR MEHRIMIZ SENGA, BOLAJON!” DONORLIK AKSIYASIDA DEPUTAT FAOL ISHTIROK ETDI
янв.21
BOLAJONLARGA BAYRAM TUHFALARI ULASHILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — POSIRA MAHALLASIDA BAYRAM SHUKUHI
янв.21
Tarix va ma’rifat yo‘lida: Obidjon Mahmudovga bag‘ishlangan anjuman
янв.21
Tarixiy xotira – millat kelajagining mustahkam poydevori
янв.21
72-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali o‘tkazildi
янв.21
Yettichinor ko‘chasida asfaltlash ishlari olib borilmoqda
Prezident qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Begmatov tomonidan 14-Yangikent saylov okrugi deputati F.Sarimsakov nomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-402-sonli qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Zarbdor tuman bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi.

Unga ko‘ra:

- tuman mahalla uyushmasi ma’muriy bino, xizmat avtomobili va barcha tegishli moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlangan;
- «Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi» faoliyati samarali tashkil etilgan va har chorakda hisobot yig‘ilishi o‘tkazilib kelinmoqda;
- mavjud 23 ta mahallla fuqarolar yig‘inlari raislarining barchasi tegishli tartibda malaka oshirish kurslarida o‘qib kelishgan.

"Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi" yuzasidan

Jami tushum - 962 826 673 so‘m, shundan,
- yil boshiga qoldiq - 507 035 436 so‘m;
- yil boshidan tushum - 455 791 237 so‘m.

Jami xarajat - 398 566 033 so‘m, shundan,
- mahallalar infratuzilmasi (kommunikatsiya)ga - 55 726 000 so‘m;
- mahallalar idorasiga moddiy-texnika jihoziga - 213 646 500 so‘m;
- "Yashil makon" loyihasi doirasida - 39 820 000 so‘m;
- boshqa xarajatlar - 89 373 493 so‘m.

Joriy qoliq - 564 260 640 so‘m.

Slide 1 of 3