Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat va aholi muloqoti: Qonun ustuvorligi va jamiyat ravnaqi diqqat markazida

Deputat va aholi muloqoti: Qonun ustuvorligi va jamiyat ravnaqi diqqat markazida


Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati D.Abdunazarova tumandagi mahalla fuqarolari, faollar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq muloqot va davra suhbati o‘tkazdi.

​Suhbat davomida mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, shuningdek, Oliy Majlis Senati qarorlarining mazmun-mohiyati, ularning aholi farovonligini oshirish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirishdagi ahamiyati atroflicha tushuntirildi.

​Deputat D.Abdunazarova yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning tub negizi "Inson qadri uchun" tamoyiliga asoslangani, har bir qabul qilinayotgan hujjat fuqarolarning hayot darajasini yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladi.