🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Abdusattarova 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 9-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurdi.
🔹Xalq vakili bog‘chada tarbiyalanayotgan jajji bolajonlarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, deputat muassasada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, taʼlim-tarbiya jarayoni hamda tarbiyachilarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.