Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorlikni oshirish yuzasidan reja-grafik tasdiqlandi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorlikni oshirish yuzasidan reja-grafik tasdiqlandi

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi reja-grafik tasdiqlandi.

👥 Mazkur reja-grafik asosida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, faol va tashabbuskor yoshlarni keng jalb etish, hududlardagi dolzarb muammolarni tizimli o‘rganish hamda amaliy takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📚 Shuningdek, yoshlarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

💻 Reja-grafik doirasida raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ijtimoiy tarmoqlar va elektron platformalar orqali yoshlar bilan ochiq muloqot mexanizmlarini kuchaytirish ham nazarda tutilgan.

📉 Bundan tashqari, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari uchun siyosiy-huquqiy bilimlar, liderlik, notiqlik va loyiha boshqaruvi yo‘nalishlarida seminar-treninglar tashkil etilishi belgilandi.

🤝 Ushbu chora-tadbirlar yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularning fikr va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1