#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️Yakkasaroy tumanida “Bola huquqlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
🏫 Yakkasaroy tumanidagi 26-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Bola huquqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
👥 Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova, Yakkasaroy tuman Kengashi deputati B. Xasanova, pedagoglar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
📖 Davra suhbati davomida bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning ta’lim olishi, erkin fikrlashi va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi bilan bog‘liq masalalar keng muhokama qilindi.
🎤 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova o‘z nutqida bugungi kunda yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish, bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda ularni vatanparvarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
📌 Shuningdek, tadbir davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim sifati va ma’naviy muhitni yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
🗣 Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassis va deputatlardan batafsil javob oldilar. Tadbir ochiq muloqot, fikr almashuv va samimiy suhbatlarga boy tarzda o‘tdi.
🤝 Tadbir yakunida yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular orasida qonunlarga hurmat ruhini kuchaytirish hamda sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash