Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Oyzoda Egamberdiyeva Do‘stlik mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur ishlar belgilab olindi.

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 1