Jumladan, mahalla hududida joylashgan 18-sonli maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud holat, muassasaning moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
🗣 O‘rganish davomida mahalla faollari, ota-onalar va muassasa mas’ullari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosini nazoratga olish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
🤝 Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish hamda aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.