Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA XAVFSIZLIK VA TIBBIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT VA AHOLI UCHRASHUVI: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: 302-MAKTABDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
янв.21
“BOR MEHRIMIZ SENGA, BOLAJON!” DONORLIK AKSIYASIDA DEPUTAT FAOL ISHTIROK ETDI
янв.21
BOLAJONLARGA BAYRAM TUHFALARI ULASHILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — POSIRA MAHALLASIDA BAYRAM SHUKUHI
янв.21
Tarix va ma’rifat yo‘lida: Obidjon Mahmudovga bag‘ishlangan anjuman
янв.21
Tarixiy xotira – millat kelajagining mustahkam poydevori
янв.21
72-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali o‘tkazildi
янв.21
Yettichinor ko‘chasida asfaltlash ishlari olib borilmoqda
Deputat mahallada Bolalar maydonchasining holati nazoratga olindi

 Bolalar maydonchasining holati nazoratga olindi 

 Mahallalarda farzandlarimizning bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom va faol o‘sishlari uchun
xavfsiz hamda shinam sport-o‘yin maydonchalarini yaratish doimiy e’tibordagi masaladir.
 

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashidagi 15-Fayzabod saylov okrugi deputati (XDP
Kengashi raisi) D.Komilova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
G.Xudoyqulova tomonidan mahallalarda aholi va bolalar uchun yaratilgan sport
inshootlari hamda o‘yin maydonchalarining holatini ko‘zdan kechirish maqsadida
navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
 

 Kuzatuv davomida Fayzabod mahallasida
joylashgan bolalar o‘yin maydonchasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. O‘rganish
davomida quyidagilar aniqlandi:
 

Sharoitlar mavjudligi: Maydonchada bolalarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va
jismoniy chiniqishlari uchun zarur boshlang‘ich sharoitlar mavjud.
 

Obodonlashtirish zarurati: Shu bilan birga, maydoncha hududida qo‘shimcha obodonlashtirish,
ko‘kalamzorlashtirish va jihozlarni qayta tartibga keltirish ishlarini olib
borish lozimligi aniqlandi.
 

Tavsiya va vazifalar: O‘rganish yakunida bolalarning darsdan va bo‘sh vaqtlarida ushbu
maydonchadan xavfsiz va unumli foydalanishlarini ta’minlash, hududni yanada
tartibli va ko‘rkam holatga keltirish bo‘yicha mahalla faollari va mas’ullarga
tegishli tavsiyalar berildi. Mahalla
infratuzilmasini yaxshilash va yosh avlodga munosib sharoit yaratish ishlari
nazoratda davom etadi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 3