35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kutubxona faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Kutubxona faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

✍️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G. Bozorova tomonidan o‘ziga biriktirilgan 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabi kutubxonasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🟧O‘rganish davomida kutubxona fondining holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, badiiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi, kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.

⭕️Deputat tomonidan mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxona faoliyati samaradorligini yanada yuksaltirish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

📈Deputatlik nazorati fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish va ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 2