📌 “Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi” doirasida Yashnobod tumanidagi mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganilmoqda.
🌿 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sardor Suvonqulov “Parvoz” mahallasida bo‘lib, hududdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining holatini o‘rgandi.
❗️ O‘rganish davomida mahalla ko‘chalari, yo‘l yoqalari, jamoat joylari hamda mavjud infratuzilma holatiga e’tibor qaratilib, hududni yanada obod va ozoda saqlash bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
✅Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilinib, hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.