📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Yorqinoy Vapayeva “Navro‘zobod” mahallasida bo‘lib, hudud ko‘chalarini aylanib, mahalla raisi hamda profilaktika inspektori bilan birgalikda aholi bilan muloqot qildi.
❗️Muloqot davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, hududdagi mavjud muammolar o‘rganildi. Aholini qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda ularni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
✅ Deputat tomonidan aholi bilan bevosita muloqot qilish, ko‘chama-ko‘cha yurib muammolarni o‘rganish va fuqarolar murojaatlarini nazoratga olish ishlari davom ettirilmoqda.