35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#162_qonun📱 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

#162_qonun📱 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun tumanda ijrosini ta’minlash borasida deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada deputat Saodat Djumanova tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.
Murojaatga ko‘ra, fuqaro tomonidan xarid qilingan telefon qurilmasi bloklanib qolganligi sababli undan foydalanishda muammo yuzaga kelgan. Deputatlik nazorati asosida masala tegishli tartibda o‘rganilib, fuqaroning bloklanib qolgan telefoni yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Eng muhimi, fuqaroning qonuniy huquqi tiklandi.
🤝 Deputatlik nazorati — fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishning amaliy mexanizmidir. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! 

Slide 1 of 2