Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#doimiy_komissiya 📌 SIFAT VA XAVFSIZLIK MASALALARI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 52-bandiga muvofiq, aholi iste’moli uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash, sifatsiz hamda belgilangan talablarga javob bermaydigan mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va realizatsiyasining oldini olish, shuningdek narx-navoni sun’iy oshirishga qaratilgan xatti-harakatlarni bartaraf etish yuzasidan Ishtixon tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

Mazkur masala Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan deputatlar va tegishli doimiy komissiya a’zolari tomonidan Ishtixon tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan iste’molchilar salomatligini muhofaza qilish, mahsulotlar sifati va xavfsizligi ustidan sanitariya nazoratini ta’minlash, sifatsiz mahsulotlarning muomalaga chiqarilishining oldini olish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Mazkur yo‘nalishdagi mavjud holat, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida atroflicha muhokama qilinadi.

✅ Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan aholi salomatligi, iste’molchilar manfaatlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 3