Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#24_ta_masala 📌 Bog‘bon mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda tuman Kengashi deputatlari M.Raximov va G.Safarova Bog‘bon mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi R.Ro‘ziyev tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, 2026-yilning yanvar-may oylari davomida:
🔹 45 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi orqali daromad manbai yaratildi;
🔹 19 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratilib, bandligi ta’minlandi;
🔹 2 ta yangi mikroloyiha ishga tushirilib, 4 ta yangi ish o‘rni yaratildi;
🔹 12 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi;
🔹 6 nafar fuqaro vaucher asosida kasb-hunarga o‘qitishga jalb etildi.

Shuningdek, mahallada kambag‘allik darajasini qisqartirish va aholi turmush darajasini yaxshilash borasida manzilli ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Hozirda ijtimoiy reyestrda 35 nafar fuqaro mavjud bo‘lib, kambag‘allik darajasi 1,07 foizni tashkil etmoqda. Yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 0,6 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.

Mahallada infratuzilmani yaxshilash yo‘nalishida ham amaliy ishlar olib borilib, joriy yilning birinchi choragida 2 500 metr ichki ko‘cha shag‘allashtirildi.

✅ Bog‘bon mahallasida aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Kelgusida ham bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 2