Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Murodova mahalla yettiligi bilan hamkorlikda tumandagi Buloqboshi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari asosida o‘rganish ishlarini olib bordi.

✏️O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ijtimoiy himoya, tibbiy xizmat, ta’lim olish, bandlik hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan mavjud holat atroflicha tahlil qilindi.

💬Shuningdek, o‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonuni mazmun-mohiyati fuqarolar va mahalla faollariga tushuntirildi. Mazkur Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, jamiyat hayotining barcha sohalarida teng ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilganligi alohida ta’kidlandi.

✅Deputat N.Murodova tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

⚡️O‘rganish yakunida murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar nazoratga olinib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1