Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.

 Tashrif davomida deputat qurilish ishlarini olib borayotgan mutaxassislar va quruvchilar bilan uchrashib, amalga oshirilayotgan ishlar hamda ko‘prik loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur hududda uzunligi 14 metr bo‘lgan zamonaviy va mustahkam ko‘prik qurilmoqda. Ushbu inshoot aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qurilish jarayonida sifat talablariga qat’iy rioya etish, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash va ko‘prikning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida quruvchilar tomonidan loyiha bo‘yicha batafsil ma’lumot berilib, qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Hududlarda zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish, aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7