Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#Kengash_qarori #Deputat_nazorati 📌 Kengash qarori amalda: Beshkapa qishlog‘idagi ichki ko‘chada asfaltlashtirish ishlari amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq hamda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan tasdiqlangan manzilli dastur asosida tumandagi ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda.

Jumladan, Beshkapa MFYning Beshkapa qishlog‘idagi ichki ko‘chada asfalt qoplamasi yotqizilib, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratildi.

📍 Mazkur loyiha aholi murojaatlari hamda hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida shakllantirilgan bo‘lib, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan tasdiqlangan dastur doirasida amalga oshirildi.

🔹 Yo‘lning shag‘al asosini tayyorlash ishlari bajarildi;
🔹 Zamonaviy texnikalar yordamida asfalt qoplamasi yotqizildi;
🔹 Ko‘cha transport va piyodalar harakati uchun qulay holatga keltirildi.

Aholining turmush sharoitini yaxshilash, mahallalarni obod qilish va ichki yo‘llar sifatini oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1